Amerikalik aktyor Nikolas Keyj o‘zi ishtirokidagi TOP-5 filmni sanab o‘tdi. U mazkur filmlarni sevib tomosha qilishi haqida ta’kidlagan.
Reytingning eng yuqori o‘rnini 2021-yilda suratga olingan “Pig” filmi band etgan. Ikkinchi o‘rindan 2017-yilda suratga olingan “Mendi” filmi, uchinchi o‘rindan esa 1999-yilda taqdim etilgan “O‘liklarni tiriltiruvchi” filmi joy egallagan.
2009-yili suratga olingan “Yomon leytenant” filmi to‘rtinchi o‘rin, 2013-yilda ishlangan “Jo” kartinasi esa beshinchi o‘rinni band etgan.
Keyj shuningdek, “Yuzsiz” filmi ham jiddiy loyiha ekanligini aytib o‘tgan.
Ma’lumot uchun, Nikolas Keyj o‘zining ijodiy faoliyatini 1981-yilda boshlagan. Aktyor o‘tgan vaqt mobaynida yuzdan ortiq filmlar, klip, serial va boshqa loyihalarda suratga tushgan. 1996-yilda “Las-Vegasni tark etib” filmidagi roli uchun “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan.

Tasodifiy xabarlar
One piece Van Pis serialining 2 - mavsumidan yangi rasmiy treyler
Kinodagi ro'li uchun "Xunuk" ko'rinishga kirgan aktrisalar
"Forsaj 10" filmida qanday yangiliklar bo'ladi?
Barbi va Oppengeymer filmlari yangi rekordlarni zabt etmoqda
Gollivuddagi yirik ish tashlashlar yakunlandimi? Biz kutgan premyeralar o'z vaqtida qo'yiladimi?
Netflix futbol haqida multfilm yaratdi!