Gollivud yulduzi Kianu Rivz ishtirokidagi “Jon Uik-4” filmi butun dunyo bo‘ylab kassalarda 350 million dollar (349,7 million dollar) yig‘di. Bu loyiha jangovar yo‘nalishdagi film qismlari orasida eng yuqori daromad keltirgan kinokartinaga aylandi.
Avvalroq bu rekord “Jon Uik-3” (butun dunyo bo‘ylab 28 million dollar yig‘gan)ga tegishli edi. To‘rtinchi qismning bu miqdorda mablag‘ yig‘ishiga Janubiy Koreyada ijaraning yaqinda boshlangani yordam berdi. Loyiha Janubiy Koreyada hafta oxirida namoyish etilayotgan kinokartinalar orasida birinchi o‘rinni egalladi. “Jon Uik-4” filmi xalqaro hududlarda jami 189,6 million dollar, AQSHdan esa 160,1 million dollar ishlab topgan.
Ma’lumot uchun, “Jon Uik” filmi Kianu Rivz ishtirokidagi jangovar franshiza hisoblanadi. U rafiqasi vafoti uchun qasos olishga qaror qilgan iste’fodagi qotil haqida hikoya qiladi. Bu qasos butun dunyo bo‘ylab yollanma askarlarni boshqaradigan maxfiy tashkilotga qarshi ochiq urushga aylanadi. Franshizaning to‘rtinchi qismi qotil Uik (filmda ushbu rolni Kianu Rivz ijro etgan) va uning kuchli, yangi dushmani (Bill Skarsgard gavdalantirgan obraz) o‘rtasidagi qarama-qarshilik haqida hikoya qiladi.
Tasodifiy xabarlar
"Cheburashka" 2023 - yildagi eng kassabop filmlar qatoriga qo'shildi
Kalmar o'yini seriali 2 mavsumi fasli haqida ma'lumotlar
Anime muhlislari uchun "Qotil Jin" 3 fasli haqida va Treyler!
"Transformerlar 7: Yirtqichlar Yuksalishi" treyler tahlili
Venzdey adams rolining birinchi ijrochisi vafot etdi.
Bredli Kuper “Maestro” filmidagi obrazi uchun 6 yil dirijyorlikni o‘rgangani haqida so‘zlab berdi