Gollivudning taniqli aktyori Richard Gir nafas yoʻllari infeksiyasi bilan shifoxonaga yotqizildi.
Maʼlumotlarga koʻra, 73 yoshli aktyor oilasi bilan birga Meksikada dam olayotgan boʻlgan. Ijodkorning oilasi u yerda Girning rafiqasi Aleksandro Silvaning 40 yoshini nishonlagan. Safardan oldin ham aktyorda yoʻtal boʻlgan, vaqt oʻtishi bilan kasallik alomatlari kuchayib ketgan.
Natijada, Gir shifoxonaga borishga majbur boʻlgan va u yerda ijodkorga pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Aktyor tunni shifokorlar nazorati ostida oʻtkazib, shundan keyin taʼtilni oilasi bilan davom ettirishga qaror qilgan. Shifokorlarning soʻzlariga qaraganda, hozir uning salomatligida hech qanday jiddiy muammo yoʻq.
Tasodifiy xabarlar
"Dedpul 3" O'zbek tilida rasmiy treylerni tomosha qiling
Jeki Chan kino olamidagi o'z ijodini shiddat bilan boshladi
Paddington 3 filmidan yangi rasmiy treyler
Yirtqich: Yomon yerlar filmi haqidagi yangilillar hamda qaynoq video parcha
Loki seriali 2 mavsumi fasli o'zbek tilidagi yangi treyler
"Gul oyining qotillari" filmidan yangi rasmiy treyler