Crime 101" - bu 2026-yil 13 - fevral sanasida chiqishi rejalashtirilgan kriminal-triller janridagi film. Film Don Winslow yozgan shu nomdagi qisqa hikoya asosida ishlangan. Asar jinoyat olami, sovuqqon o'g'irliklar va ularni fosh qilishga urinayotgan tergovchilar o'rtasidagi aql o'yini haqida hikoya qiladi.
Filmga Bart Layton rejissyorlik qilgan. U avval ham realistik va keskin syujetli filmlari bilan tanilgan. "Crime 101" ham xuddi shunday - sokin boshlanib, asta-sekin taranglashib boradigan, tomoshabinni oxirigacha ushlab turadigan film sifatida tasvirlanmoqda.
Filmda juda kuchli aktyorlar tarkibi jamlangan. Chris Hemsworth - bosh o'g'ri rolida. Mark Ruffalo - uni quvib yurgan detektiv obrazini ijro etadi. Halle Berry esa voqealar rivojiga katta ta'sir ko'rsatadigan ayol qahramon rolida namoyon boʻladi. Shuningdek, Barry Keoghan, Monica Barbaro, Corey Hawkins, Jennifer Jason Leigh va Nick Nolte kabi taniqli aktyorlar ham ishtirok etgan
Quyida filmdan yangi rasmiy treylerni tomosha qilishingiz mumkin.
PREMYERAGA QOLGAN VAQT:
Tasodifiy xabarlar
Osmondagi bolalar 3 filmi premyerasidan eksklyuziv lavhalar
Tron 3 :Ares filmidan yangi rasmiy treylerni tomosha qiling
"Qora Adam" filmi "DC" ga zarar keltiradimi?
Naklz Sonik 3 asosiy yovuzi Knuckles seriali tahlili O'zbek tilida
Mikki 17 Micket 17 filmi haqidagi dastlabki sharxlar qanday bo'ldi?
"Otin Malina" mukofotiga nomzod filmlar. Ular eng yomonimi?