Taqdim etilganiga hech qancha vaqt bo‘lmasdan turib, kino tomoshabinlarining e’tiborini qozongan “Jon Uik-4” filmiga oid qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.
Ma’lum bo‘lishicha, taniqli ijodkor Kianu Rivzning umumiy davomiyligi 169 daqiqani tashkil etuvchi filmda aytgan har bir so‘zi uchun aktyorga $39 000 dan pul to‘langan.
Rivz filmda bor-yo‘g‘i 380 ta so‘z talaffuz qilgan.
Qiziqarli jihati shundaki, franshizaning davomiyligi 101 daqiqaga teng keluvchi birinchi qismida Kianu Rivz 484 ta so‘zdan iborat senariy yodlagan. Franshizaning to‘rtinchi qismidagi ishtiroki uchun esa umumiy hisobda $14 820 000 dollar gonorar olgan.
Ammo tanganing boshqa tomoni ham bor, filmdagi barcha tryuklarnining 90 foizini, Keanu Rivz 58 yoshda bo'lib turib, o'zi bajargan! Shuning uchun u olgan gonorarini butunlay oqladi desak mubolag'a bo'lmaydi!

Tasodifiy xabarlar
Reptiliya yangi Netflix filmidan rasmiy treyler
"Yigit So'zi" seriali haqidagi siz bilgan va bilmagan ma'lumotlar
"Exorcist" yangi dahshatli film rasmiy treyleri
Boshqotirma 2 O'zbekcha to'liq tahlili (Video)
Ambrella akademiyasi seriali 4 mavsumi, faslidam rasmiy treyler
Kaskadyor filmi O'zbek tilida yangi rasmiy treylerni tomosha