Nemis aktrisasi Sandra Hyuller «Qasoskorlar: Qiyomat kuni» filmida suratga tushgan bo‘lishi mumkin. Bunga britaniyalik kaskadyor Stivi Parkerning British Stunt Register’dagi profili ishora qilmoqda. Unda Parker ushbu blokbaster suratga olish jarayonida aynan Hyullerning dublyori bo‘lgani qayd etilgan.
Shunga qaramay, Marvel Studios hozircha aktrisaning filmda ishtirok etishini rasman tasdiqlamagan.

Sandra Hyuller xalqaro miqyosda «Yiqilish anatomiyasi» va «Qiziqishlar zonasi» filmlaridagi rollari orqali tanilgan. Har ikki loyiha aktrisaga katta shuhrat va bir qator nufuzli mukofotlarni olib kelgan.
Qizig‘i, Hyullerning yangi «Qasoskorlar» filmida ishtirok etishi haqidagi mish-mishlar avval ham tarqalgan edi. O‘shanda aktrisaga jodugar roli berilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan, biroq bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan.

Endilikda kaskadyorlar reyestridagi ma’lumotlar Hyullerning film suratga olish jarayonida bo‘lganini ko‘rsatuvchi ilk mustaqil dalil bo‘lib turibdi. Biroq uning filmda aynan qaysi obrazni gavdalantirishi hozircha sirligicha qolmoqda.
Eslatib o'tamiz «Qasoskorlar: Qiyomat kun» 2026-yil 18-dekabrda kinoteatrlarda namoyish etiladi.
Tasodifiy xabarlar
"Wednesday" seriali bosh qahramoni 2022 yilning eng sevimli aktrisasi!
Kobda Kai 6 mavsumi fasli ikkinchi yarmidan yangi treyler
2023-yilning eng kassabop qo‘rqinchli filmi maʼlum bo‘ldi
Jenna Ortegaga nima bo'ldi? Aktrisa muhlislarning tanqidiga uchramoqda
Yigitlar seriali 4 fasl, mavsumidan yangi rasmiy treyler
Koronavirus haqidagi O'zbek filmi namoyish qilinadi