"Marvel" kinematik olami yulduzi Kris Evans nafaqat kapitan Amerika sifatida, o'z qalqoni va unvonini Entoni Makkiga topshirib, balki haqiqiy hayot ustuvorliklarini qayta ko'rib chiqish uchun tanaffus qilgan ko'rinadi. Mashhur aktyor bir necha kun oldin yil oxirida ta'tilga chiqishini e'lon qilgan. Sevimli qahramonimiz o'ziga bir oz vaqt ajratishga harakat qilib, ijtimoiy tarmoqlardan uzoqlashishini e'lon qildi. Ekranlardan chiqib, yaqinlari bilan ko'proq vaqt o'tkazishni, kitoblar o'qishni va qiziqarli filmlar ko'rishini ijtimoiy tarmoqlarsiz yashashini ta'kidlab o'tgan.
Kris Evans shunday deb yozadi: Bir oz tanaffus qilmoqchiman. Barchangizni yaxshi ko'raman!"
Mashhurlar ijtimoiy tarmoqlardan loyihalarni ilgari surish uchun foydalanadilar, ammo ko'p izdoshlari bo'lgan har bir kishi singari, bu ikki qirrali qilich. Har qanday daqiqada e'tibor markazida bo'lganlarni tanqid qilish va ular haqidagi salbiy fikr bildiruvchilar yetarlicha bo'ladi. Kris Evansning "Marvel" filmlaridagi hamkasbi Bri Larson (Kapitan Marvel) haqoratlar tufayli vaqti-vaqti bilan ijtimoiy tarmoqlarni tark etishga majbur bo'lgani barchamizga ma'lum.
Kris Evans yaqin kelajakda qanday loyihalarda paydo bo'ladi degan savolga esa.
Kapitanni oldinda “Og‘riq ulashuvchilar” kriminal dramasi va “Qizil” jangovar komediyasining premyerasi kutib turibdi. Bundan tashqari Kris Evans yaqinda "Netflix" tomonidan suratga olinadigan yangi animatsion serialida 2010-yilda suratga olingan Skott Pilgrim Dunyoga qarshi filmidagi Lukas Li rolini qayta tiklashga tayyorligini tasdiqladi.
Tasodifiy xabarlar
Netflix Amir Temur haqida film suratga oladi!
Ulugʻbek Qodirov bosh rolni ijro etgan "Oʻzbek arsloni" ("Kazbek") filmi haqida
"Arkeyn" — tarixdagi eng qimmat animatsion serialga aylandi
Spilbergning “Oʻzga sayyoralik” filmi uchun yasalgan mexanik model sotildi
"Etik kiygan mushuk: So'ngi tilak" Rasmiy treyler!
"Astral 5" dahshatli filmning yangi qismidan treyler