“Buyuk rejissyor Kventin Tarantino faoliyatidagi so‘nggi filmda ham qadrdon aktyorlaridan biri bilan hamkorlik qilishi mumkin”, deya Deadline nashri xabar bermoqda. Bred Pitt Tarantinoning “Manfur Kimsalar” (Inglorious Basterds) hamda “Bir Vaqtlar Gollivudda” (Once Upon A Time In Hollywood) filmlarida bosh qahramonlar rollarini qoyilmaqom ijro etgan. Ikkinchi filmi uchun “Eng yaxshi ikkinchi darajali rol” nominatsiyasida Oskar mukofotini qo‘lga kiritgan.
Garchi, Tarantino 2025-yilda ekranlar yuzini ko‘rishi kutilayotgan “Kinotanqidchi” filmida Bred Pitt rol o‘ynashini rasman tasdiqlamagan bo‘lsa-da, G‘arb nashriyotlarida aktyor yana bosh qahramonlardan birini ijro etadi degan xabarlar urchimoqda.

Tasodifiy xabarlar
Mehmonxona qo'rqinchili filmidan yangi rasmiy treyler
"Marvellar" filmidan ilk rasmiy treyler (Video)
Chumoli odam va ari 3 Kvant olami (Treyler)
“Avatar 6 ” va "Avatar 7" filmlari uchun g'oyalar deyarli tayyor
Jeyms Kemeron "Avatar" filmi haqida yangiliklar aytdi!
"Kobra Kay" seriali 7 mavsumi faslidan yangi rasmiy treyler