“Avatar: Suv yoʻli” filmining ulkan muvaffaqiyatidan soʻng muxlislar 3-qism haqida koʻproq maʼlumot olishga intilmoqda.
Jeyms Kemeron rejissyorligidagi film 3-qismi haqida hozircha juda koʻp tafsilotlar ochiqlanmagan, ammo baʼzi kichik maʼlumotlar, jumladan, “Kul odamlar” deb nomlanuvchi qizil teriga ega Naʼvi olov odamlari va bir nechta yangi hech qachon koʻrilmagan Pandora biomlari haqida bilishga muvaffaq boʻldik.
Yaqinda Reddit ijtimoiy tarmogʻida yangi filmning tasvirlari tarqalib ketdi: rasmda Chempion oʻrgimchak (birinchi marta Avatar 2 filmida bu obraz batafsil ochib berilgan) Kiri Sigurni Uiver bilan birga suv ostida suzayotgani koʻrsatilgan.
“Avatar: Suv yoʻli” franshizasida debyut qilgandan soʻng, Jek Chempionning oʻrgimchak obrazi uchinchi filmida ham Pandora odisseyining ajralmas qismi boʻlib qolaveradi. Shuningdek, yangi qismda qahramonlardan ba’zilarining rangi o‘zgarishi ham mumkin.
Kemeron allaqachon Oʻrgimchak “Avatar 3” filmida “muhim personaj boʻlib qolishini” maʼlum qilgan va u Sem Uortingtonning Jeyk va dastlabki ikki filmdagi yovuz qahramon Mayl Kvaritch (Stiven Lang oʻynagan) oʻrtasidagi bogʻliqlikni taʼminlab turishini taʼkidlagan.
Avatar-3 kinoteatrlarda 2025-yilning dekabr oyida premyera qilinishi kutilmoqda.
Tasodifiy xabarlar
Parijdagi Olimpiyada ishtirokchisi serialda bosh rolni o‘ynaydi
"Uddalab bo'lmas topshiriq 7" filmi kadr orti jarayoni (Video)
"WEDNESDAY" seriali Neftlixda ko'rilgan ingliz tilidagi seriallar ichida rekord o'rnatdi!
"Jon Uik" 4 Premyera Sanasi malum! (Treylar)
"Bizning so'ngimiz" seriali 7 - qismi uchun rasmiy tizer
Van Xelsing haqidagi serial suratga olinadi