Ajdaho o'rgatuvchilari" animatsion franshizasi to'liq metrajli badiiy film ko'rinishida ekranlarga qaytishi mumkin. Bu haqda Gollivud insayderi Daniel Rixtman xabar berdi.
"DreamWorks" Animation va Universal Studios Hiccup va Toothless sarguzashtlarini katta ekranga qaytarishni rejalashtirmoqda. Film rejissyori va ssenariysi dastlabki ikki multfilm ustida ishlagan rejissyor Din DeBlois tomonidan amalga oshiriladi.
Yangi hikoya oldingisining davomi bo'ladimi yoki umuman boshqacha film ko'ramizmi bunisi hozircha noma'lum. "Ajdar O'rgatuvchilari" filmi birinchi marta 2010 yilda kinoteatrlarda paydo bo'lgan va ikkita davomi chiqqan. Umumiy qilib aytganda franshiza butun dunyo bo'ylab 1,5 milliard dollar yig'di.

Tasodifiy xabarlar
“G'alati Narsalar: 85 yil hikoyalari” multseriali yangi rasmiy multfilm treyleri taqdim etildi
"Baxtli Gilmor 2" filmi yangi rasmiy treylerini tomosha qiling
"Avatar 2: Suv Yo'li" filmidan navbatdagi rekord.
"WEDNESDAY" seriali Neftlixda ko'rilgan ingliz tilidagi seriallar ichida rekord o'rnatdi!
Buyuk Britaniyada Peddington haykali o‘g‘irlandi
“Kung-fu panda 4” hamda “Godzilla va Kong” filmlari 500 million dollar daromadga chiqdi