38 yoshli isroillik aktrisa Gal Gadot 7-mart kuni to‘rtinchi qiz farzandini dunyoga keltirdi, deb yozadi People nashri. Aktrisaning turmush o‘rtog‘i — prodyuser va tadbirkor Yaron Versano bilan chaqaloqqa Ori deb ism qo‘yishdi.
Aktrisa Instagram sahifasiga tug‘uruqxonada tushgan rasm joyladi va quyidagicha izoh qoldirdi:
Mening shirin qizalog‘im, oilamizga xush kelibsiz. Homiladorlik oson kechmadi, lekin biz buni uddaladik. Sizga ibroniy tilida “mening nurim” degan ma’noni anglatuvchi Ori ismingiz singari hayotimizga yorug‘lik olib keldingiz. Qalbimiz minnatdorlikka to‘la. Qizlarga to‘la xonadonga xush kelibsiz. Otangiz ham juda zo‘r inson.
Eslatib o‘tamiz, Gal Gadot va Yaron Versano 2008-yilda turmush qurishgan va uchta qiz farzand ko‘rishgan: 12 yoshli Alma, 6 yoshli Maya va 2 yoshli Daniella. Gal Gadot “Mo‘jizakor ayol” filmining ba’zi sahnalarida homiladorlikning beshinchi oyida suratga tushgan.

Tasodifiy xabarlar
“Dyunа 3” filmining yakuniy treyleri namoyish etildi
Jannat onalar oyog'i ostida filmi O'zbek tilida rasmiy treyler
Monarx: Maxluqlar merosi seriali 2 - mavsumidan yangi rasmiy treyler namoyish qilindi
Yura davri dunyosi, Supermen, Fantastik To'rtlik O'zbek tilida Iyul oyidagi premyeralar
Endryu Garfild yangi filmda suratga tushadi
O'yinchoqlar tarixi 5 O'zbek tilida rasmiy treyler