2023-yilda budjeti 200 mln dollardan ko‘proq 13 ta film taqdim etildi. Ulardan faqat bittasi kinostudiyaga daromad keltirdi
IndieWire maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yilda kinostudiyalar tomonidan budjet miqdori 200 milliondan ortiq bo‘lgan, 13 ta film suratga olingan. Ammo yil oxiriga kelib, filmlarning hammasi ham o‘zini oqlamagani aytildi.
Jurnalistlarning fikriga ko‘ra, 13 ta potensial blokbasterlardan faqatgina “Galaktika qo‘riqchilari. 3-qism” filmi foyda keltirgan. Kartina 250 million dollar budjet sarflab, 845 million dollar daromad keltirgan.
Ko‘pgina hollarda, filmlarning kassasi sarflangan budjetdan sezilarli darajada ko‘proq bo‘ladi, lekin film reklamasi va boshqa xarajatlar tufayli kompaniyalar katta yo‘qotishlarga duch kelishi ham mumkin. Maʼlumotlarga ko‘ra, kinostudiyalar katta budjetli filmlar reklamasi uchun taxminan 100 million dollar sarflaydi.
IndieWire taʼkidlashicha, ularning hisob-kitoblari yakuniy emas, chunki aniq daromad maʼlumotlari, jumladan, boshqa xizmatlardan olinadigan daromadlar keyinroq maʼlum bo‘ladi.
Jadval quyidagi ko‘rinishda:
“Galaktika qo‘riqchilari. 3-qism” — 250 mln dollar / 845 mln dollar;
“Forsaj-10” — 340 mln dollar / 714 mln dollar;
“Indiana Jons va taqdir g‘ildiragi” — 295-300 mln dollar / 384 mln dollar;
“Kichik suv parisi” — 297 mln dollar / 570 mln dollar;
“Uddalab bo‘lmas topshiriq” — 291 mln dollar / 568 mln dollar;
“Kapitan Marvel 2” (davom etmoqda) — 220 mln dollar / 188 mln dollar;
“Flesh” — 200-220 mln dollar / 271 mln dollar;
“Chumoli odam va Ari: Kvant olami” — 200 mln dollar / 476 mln dollar;
“Elementar” — 200 mln dollar / 496 mln dollar;
“Gulli oy qotillari” (davom etmoqda) — 200 mln dollar / 151 mln dollar;
“Transformerlar: maxluqlar yuksalishi” — 195-200 mln dollar / 439 mln dollar;
“Ezgu tilak (davom etmoqda) — 200 mln dollar / 49 mln dollar;
“Napoleon” (davom etmoqda) — 200 mln dollar / 79 mln dollar.
Bundan tashqari, dekabr oyida budjeti 200 million dollardan ortiq bo‘lgan yana bir film — “Akvamen va yo‘qolgan qirollik” kartinasi chiqadi. IndieWirening filmni yaxshi daromad olish imkoniyatiga ega deb hisoblamoqda.
Tasodifiy xabarlar
"Agata: Hamma vaqt" serili O'zbek tilida birinchi rasmiy treyleri
“Fantastik to‘rtlik” filmini suratga olish qachon boshlanishi ma’lum.
“Avatar-2: Suv yo‘li” filmi Xitoyda muammolarga duch keladimi?
“Yor-Yor” filmi yangicha talqinda suratga olinadi
"Dahshatli uy" serialidan yangi rasmiy treyler namoyish qilindi
"Disney" dagi eng boy yulduzlar haqida ma'lumotlar