Janubiy Koreyaning mashhur “Kalmar o‘yini” seriali asosida tashkil qilingan realiti-shou g‘olibi 4,56 million AQSh dollari miqdorida mukofot bilan taqdirlandi.
Vyetnamlik May Vilan ismli ishtirokchi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblik uchun turli sinovlarda 456 nafar ishtirokchi qatnashdi. O‘yinlar xuddi serialdagi qoidalar asosida tashkil qilindi.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u bu mukofotdan bolalarni o‘qitish va qariyalarga g‘amxo‘rlik qilish uchun foydalanmoqchi.
“O‘yinga qo‘shilganimning asosiy sababi xayriya ishlariga yordam berish bo‘lgan. Men g‘alaba qozondim. Dunyoda tushkunlikka tushib qolgan insonlarga yordam berish kerakligini aytadigan platformam bor”, — dedi Vilan Pensilvaniya shtati axborot agentligiga bergan intervyusida.
Uning taʼkidlashicha, u yutug‘i bilan Unbound xayriya tashkilotini qo‘llab-quvvatlashni oshirishni rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari, realiti-shou g‘olibi yutuqning bir qismini o‘zi uchun qoldirishini aytgan, chunki u tez orada nafaqaga chiqish niyatida.
May Vilan, shuningdek, boshqalarga yordam berishga umid qilganiga qaramay, yutuqdan hali bir tiyin ham olmaganini aytdi.


Tasodifiy xabarlar
"O'grilar izidan 2: Pantera" filmidan yangi rasmiy treyler
Osmondagi bolalar 3 filmi premyerasidan eksklyuziv lavhalar
Yangi ilmiy-fantastik film "65" premyera sanasi va Treyler!
"Kontinental" serialidan rasmiy tizer - treyler
Hayvonlar shahri 2 multfilmi yangi rasmiy treylerini tomosha qiling
“Bola va qarqara” filmi AQSh prokatida birinchi o‘rinni egallagan tarixdagi ilk anime bo‘ldi