O‘zi ishtirok etgan filmni tomosha qilishni istamaydigan Gollivud yulduzlari

O‘zi ishtirok etgan filmni tomosha qilishni istamaydigan Gollivud yulduzlari

Ular ishtirokida yaratilgan filmlar millionlab muxlislar mehrini qozongan, lekin o‘zi ishtirok etgan filmlarni tomosha qilishni istamaydigan taniqli Gollivud aktyorlari haqda hikoya qilamiz.

1) Jonni Depp

 

 

Depp o‘zi ishtirok etgan filmlarni tomosha qilish haqida gapirganda, o‘ynagan personajlarini o‘zi uchun dog‘siz saqlashni yaxshi ko‘rishini taʼkidlagan. Aytish mumkinki, undagi vaziyat Jared Leto bilan bir xil. Aktyorni biror narsada ayblash juda qiyin, chunki uning har bir yaratgan obrazi yangi, noodatiy va o‘ziga xos hisoblanadi.

2) Adam Drayver

2019-yilda NPR tok-shousi muxlislarga Adam Drayver bilan rejalashtirilgan intervyu chiqmasligi haqida xabar bergan. Maʼlum bo‘lishicha, Adam “Nikoh tarixi” filmidan lavha ko‘rsatilgandan so‘ng darhol chiqib ketgan. Drayver o‘z chiqishlarini tomosha qilmasligi haqida ogohlantirgan. Lekin bunga javob tariqasida quloqchinlarni yechishni aytishgan. Keyin Adam uni olgan va studiyadan chiqib ketgan. Adam Drayverning o‘z chiqishlarini yoqtirmasligi 2015-yildan beri maʼlum. WHYY nashriga bergan intervyusida Adam hazil tariqasida o‘z ishtirok etgan filmlarni ko‘rishni yoqtirmasligini aytgan edi, sababi o‘zining aktyorlik mahoratini yomon deb hisoblaydi.

3) Xavyer Bardem

 

Xavyer “Qariyalar uchun mamlakat yo‘q”, “Dyuna”, “007: Skayfoll koordinatalari” filmlardagi rollari bilan mashhur. Aktyorning fikricha, o‘zi ishtirokidagi filmlarni tomosha qilish orqali ijrosidan ayb topadi. Lekin bundan hech qanday maʼnoga yo‘q, chunki filmni qayta suratga olish imkonsiz.

4) Riz Uizerspun

 

Riz Uizerspun bilan vaziyat juda kulgili, chunki aktrisa filmlardagi ishtirokini eslay olmaydi. “Shafqatsiz o‘yin” va “Qo‘rquv” filmlari bilan tanilgan aktrisaning aytishicha, suratga tushgan filmlarining sahnalarini amneziya sabab eslay olmaydi. Ularni tomosha qilganda g‘alati tuyg‘ularni boshdan kechiradi va o‘zidan nafratlanadi. Lekin nima uchun nafratlanishini oshkor qilmagan.

5) Jessi Ayzenberg

 

Jessi nafaqat o‘zi ishtirok etgan filmlarni, balki umuman film tomosha qilishni yomon ko‘radi. Shuning uchun, tomosha qilishdan qochadi. Bu haqda Jessi “Betmen Supermenga qarshi: adolat tongida” filmining targ‘iboti paytida aytib bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ishtirokidagi filmlarni tomosha qilish keyingi filmlardagi chiqishlariga taʼsir qiladi. Bu uni yanada ko‘proq asabiylashishga olib keladi.

6) Denzel Vashington

 

Baʼzan odam xotirasidan “G‘azab”, “Mashg‘ulot kuni”, “Gangster” filmlarni o‘chirib xuddi birinchi martadek tomosha qilishni xohlaydi. Lekin Denzel Vashingtonga buning uchun xotirani o‘chirishning ham keragi yo‘q. O‘zining demotivatsiyasi haqida gapirar ekan, Denzel hech qachon ortga qaramaslikni afzal ko‘rishini aytgan, shuning uchun u bo‘lajak filmlari haqida qayg‘uradi va o‘tmish haqida o‘ylamaslikka harakat qiladi.

7) Endryu Garfild

 

Garfild o‘zi suratga tushgan filmlardan faqat “Ijtimoiy tarmoq” filmini tomosha qilgan. Aktyor unda Eduardo Saverin obrazini gavdalantirgan edi. Qaysidir maʼnoda, bu yagona istisno holat, chunki Garfild boshqa filmlarni umuman ko‘rmagan. Aktyor buni mahoratining bir qismini yo‘qotishga olib keladi va nima qilayotganidan to‘liq xabardor bo‘lishni xohlamaydi. Bu holat boshqa filmlarda suratga tushishda mahoratni to‘liq ochib berishga xalaqit qiladi deb ham hisoblaydi.

8) Helena Bonem Karter

 

Helena Bonem Karter o‘zi ishtirokidagi filmlarni ko‘rmasligini ulardan yangi narsa o‘rganmasligi bilan izohlaydi. Lekin Helena baʼzida film tomosha qilib ham turadi. “Garri Potter”ga omad kulib boqqan, chunki aktrisa faqat dastlabki to‘rtta filmni tomosha qilib, oxirgi qismini ko‘rmagan bo‘lsa, g‘alati bo‘lar edi.

9) Xoakin Feniks

 

“Joker”, “Napoleon” va “Gladiator” filmlari yulduzi uchun o‘z filmlarini tomosha qilish og‘riqli jarayon, chunki u hech qachon topa olmayman deb o‘ylagan narsaga intiladi. Bu holat Xoakinning faqat o‘z filmlari bilan cheklanib qolmaydi. Maʼlum bo‘lishicha, u umuman film tomosha qilishni yoqtirmaydi. U badiiy filmlardan ko‘ra hujjatli filmlarni afzal ko‘radi.

10) Jared Leto

 

“Dallas xaridorlar klubi”, “Amerika psixikasi”, “Guchchi uyi” filmlari orqali tanilgan Jared Leto 24 yildan buyon o‘zi ishtirok etgan filmlarni umuman tomosha qilmasligini aytdi. Jaredning taʼkidlashicha, o‘z ishtirokidagi filmlarni ko‘rish unga faqat xalaqit beradi, chunki qanday qilib yaxshiroq o‘ynash mumkinligi haqidagi o‘ylar uni chalg‘itadi. Aktyor har bir rolni o‘z qobiliyatidan kelib chiqib o‘ynashni afzal ko‘radi. Bunda unga Stanislavskiy tizimi kabi personajga to‘liq kirib borish yordam beradi. Jared ijro etayotgan qahramonlari bilan yashaydi, hatto suratga olish jarayonidan tashqarida ham obrazdan chiqmaslikka harakat qiladi va suratga olish tugagandan keyingina “niqobini” yechadi.

Теглар:
×