Zulfiqor Musoqov asl ismi – Jamol Musoqov. 1958-yil, 19-yanvarda Toshkent viloyatining Olmaliq shaharchasida tavallud topgan.
Zulfiqor Musoqov taniqli kinorejissyor va ssenarist, o‘z rejissyorlik faoliyatini 1989-yildan boshlagan. Zulfiqor Musoqov o‘zining “Abdullajon”, “Bomba”, “Yaratganga shukur”, “Kichkina tabib”, “Oyijon”, “Osmondagi bolalar – 1-2-3”, “Vatan”, “Qo‘rg‘oshin”, “Qovun”, “Xazonrezgi”, “Novda”, “Dadam betob” kabi filmlari va “Ayol zoti” teleseriali bilan muxlislar qalbidan chuqur joy olgan.
Ijodkor filmlari xalqchilligi bilan ajralib turadi. Rejissyorning “Vatan” filmi 2007-yilda Malayziyada o‘tkazilgan 50-Xalqaro kinofestivalda “Osiyoning eng yaxshi filmi” nominatsiyasiga daʼvogarlik qilgan.
2011-yilda rejissyor suratga olgan “Qo‘rg‘oshin” badiiy filmi Rossiyada bo‘lib o‘tgan “Kinoshok” Xalqaro kinofestivalida qatnashib, “Eng yaxshi ssenariy” nominatsiyasi sovrindori bo‘lgan.
Zulfiqor Musoqov 2003-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni, 2006-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi” unvoniga sazovor bo‘lgan.



Tasodifiy xabarlar
"Arcane" 2 mavsumi haqidagi malumotlar
"Mening ayolim- Qotil" filmining rasmiy treyleri
Jenna Ortega (Wednesday) haqidagi ma'lumotlar (Video)
"Qazuvchi" (Digger) filmi prokatda muvaffaqiyatsizlikka uchradi: Warner Bros. 250 million dollar zarar ko'rishi mumkin
O'rgimchak Noir seriali oxirgi rasmiy treyleri chiqarildi
Yigit so'zi seriali qanday suratga olingan ( 2- Video)