Aktrisa Skarlett Yoxansson rejissyorlik faoliyatida debyut ishini boshladi. Bu haqda Variety xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, ilk filmda Djun Skuibb (“Shmidt haqida”, “Nebraska”), Chivetel Edjofor (“12 yil qullik”, “Doktor Streynj”), Jessika Xeyt (“Do‘stlar”), Erin Kelliman (“Voz kechilganlar”) va boshqa aktyorlar suratga tushishi rejalashtirilgan. Film ssenariysi Tori Keymen qalamiga mansub.
Film “Eleonor. Ko‘rinmas odam” deb nomlanib, unda 90 yoshli Eleonor Morgenshteyn ismli ayol haqida so‘z boradi. Qahramon yaqin do‘stining vafotidan so‘ng o‘zini qo‘lga olish va ruhan tiklanish uchun Floridadan Nyu-Yorkka qarab yo‘l oladi.
Film TriStar Pictures va Sony Pictures Classics kompaniyalari tomonidan suratga olinadi.


Tasodifiy xabarlar
La'nat 4: oxirgi marosim filmi kassa yig'imlarida ajoyib natijaga erishdi
Joker, Forsaj, Shazam va boshqa sevimli filmlarimiz yangi qismlari!
«Yigit so‘zi» muxlislari uchun yangi kriminal serial: «Ayda!» treyleri chiqdi
Kalmar o'yini 3 mavsum fasli yangi rasmiy treyleri
"Joker 2 " filmini shu oy oxirida suratga olish boshlanadi!
"Transformerlar 7" filmidan ikkinchi rasmiy treyler