Germiona nega uzoq davom etadigan filmlarda suratga tushmaydi?

“Garri Potter” filmidagi Germiona Grenjer roli bilan mashhurlikka erishgan britaniyalik aktrisa Emma Uotson nima sababdan uzoq vaqt davomida filmlarda suratga tushmagani va kinoga qaytishi haqida so‘zlab berdi.

  

U so‘nggi marta 2019-yilda “Kichik ayollar” dramasida bosh qahramon rolini o‘ynagan va shundan keyin boshqa loyihalarda ishtirok etmagan. Aktrisa aynan shu loyihaning suratga olish jarayonlarida o‘zini himoyasiz his qilayotganini aytgan.

To‘g‘risini aytsam, xursand bo‘lmadim. O‘zimni asirlikdagidek his qildim. Men uchun juda qiyin bo‘lgan narsa doimiy ravishda omma oldida chiqish bo‘lgan, o‘zimni nazorat qila olmaydigan narsadan voz kechishim kerak edi. Yaratish jarayonida men ishtirok etmagan narsalarning yuzi va vakili bo‘lish qiyin”, — deydi Emma Financial Times gazetasiga bergan intervyusida.

 

Aktrisa kino olamidagi faoliyatini davom ettirishi haqida ham gapirib berdi.

Ha, albatta. Men o‘tirib, keyingi to‘g‘ri tanlangan rolni kutishdan mamnunman. Menga o‘zim qilgan hamma narsa yoqadi. O‘zimni turli insonlarga bo‘lishni, robot rejimiga o‘tishni xohlamayman”, — deydi aktrisa.

Hozirda Uotson ukasi Aleks bilan birgalikda alkogol biznesini rivojlantirmoqda. Aktrisa sentabr oyida magistraturani tamomlash uchun Oksfordga o‘qishga qaytishni rejalashtirmoqda.

Mubina, 24 мая 2024 14:18
Jannat onalar oyog'i ostida filmi O'zbek tilida rasmiy treyler
Kimono qayerdan ko'rish mum
iftixor, 23 мая 2024 17:39
"Wednesday" 2 mavsumi boshlanish arafasidami?
QACHON BOSHLANADI VENZDEY KINO SI
Rftfsrsssfftfsstswtrffdtwsssftftfff, 22 мая 2024 15:19
"Fuqarolar urushi" yangi jangari film rasmiy treyleri
Zaawssswsdsxerfgttghhhhyygyjuujuujjuikiokokooo
Muhammad, 21 мая 2024 16:55
“Kalmar o‘yini” serialining ikkinchi mavsumi dekabrda chiqishi ma’lum qilindi (treyler)
Qani sanasi??
Jonibek, 17 мая 2024 06:46
"Fuqarolar urushi" yangi jangari film rasmiy treyleri
Fuqarolar urushi