Deni Villnyov bilan “The Director’s Cut” podkastida ishtirok etgan, bir qator klassikaga aylanib ulgurgan ilmiy-fantastik filmlar muallifi Stiven Spilberg hamkasbining so‘nggi kinosini tomosha qilgani haqida gapirib, oʻz tassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.
Afsonaviy rejissyor “Dyuna. Ikkinchi qism” filmini “oʻzi koʻrgan eng buyuk ilmiy-fantastik filmlardan biri” deb atadi.
“Pol katta chuvalchangni egarlaydigan sahna umrim davomida ko‘rgan eng yaxshi sahnalardan biridir. Aktyorlar tarkibi mutlaqo ajoyib. Jang sahnalari ham betakror”, — deya qo‘shimcha qildi Spilberg.
“Dyuna. Ikkinchi qism” filmi 2024-yil 28-fevralda premyera qilindi. Filmda bosh rollarni Timoti Shalame, Ostin Batler, Zendaya, Florens Pyu, Rebekka Fergyuson, Xavyer Bardem, Josh Brolin va Stellan Skarsgard ijro etgan.


Tasodifiy xabarlar
Eksklyuziv video: Toshkentdagi birinchi IMAX kinoteatriga sayohat
O'rgimchak xonim filmi O'zbek tilida rasmiy treyler
"Uddalab bo'lmas topshiriq 7" filmi o'zbekcha spoylersiz tahlili
Rossiya Gollivud filmlarini namoyish qilinmasligi sabab katta zarar ko'rdi.
Disney 100 yillik yubileyi uchun tayyorlangan maxsus film taqdim etildi
"Avatar: Aang afsonasi" serialidan yangi rasmiy treyler