Gollivudning eng koʻp haq oluvchi aktrisalari reytingi tuzib chiqildi. Reytingdagi yetakchilik taniqli ijodkor Margo Robbiga nasib etdi.
32 yoshli aktrisa Greta Gervigning “Barbi” filmida suratga tushib, 12,5 million AQSh dollari miqdorida haq olgan. Mazkur filmning taqdimoti 2023-yilga rejalashtirilgan.
Margo Robbining “Barbi” filmidagi ijodiy hamkori – Rayan Gosling ham aktrisa bilan bir hil miqdorda gonorar olgan, shu tariqa ijodkorlar juftligi Gollivudning eng koʻp haq oluvchi yulduzlari reytingidagi 16-oʻrinni band etishgan.
Aktrisa undan avval “Yirtqich qushlar” blokbasteridagi ishtiroki ortidan 10 million AQSh dollari miqdorida pul ishlab topgan edi. Mazkur film 2020-yilda taqdim etilgan.
Eng koʻp haq oluvchi aktrisalar reytingidagi ikkinchi oʻrinni aktrisa Milli Bobbi Braun band etgan. Unga “Enola Xolms-2” filmidagi roli uchun 10 million dollar miqdorida haq toʻlangan.
Tasodifiy xabarlar
"Oskar" ga nomzod bo'lgan 8 ta eng yaxshi filmlar
Venzdey adams rolining birinchi ijrochisi vafot etdi.
"Yovuz murdaning tirilishi" film rasmiy treyleri.
Megapolis filmidan yangi rasmiy treyler
"Avatar " Pandora chegarali" video o'yinidan rasmiy treyler
Real voqealarga asoslanib suratga olingan filmlar