"Avatar-2: Suv yo‘li” ilmiy-fantastik filmi dunyo bo‘ylab 1,92 milliard dollardan ortiq daromad keltirdi. Shunday qilib, ikki milliard chegarani kesib o‘tish istiqboli, shuningdek, ilgari e’lon qilingan bir nechta seriyalarni ishlab chiqarish haqiqatga aylandi. Bundan tashqari film "O'rgimchak odam: Uyga yo'l yo'q" filmini kassa yig'imi bo'yicha ortda qoldirib, eng ko'p daromad ko'rgan filmlar bo'yicha oltinchi o'rinni egallab turibdi!
Rejissyor Jeyms Kemeron kelajakda tomoshabinlarni olovga sig‘inadigan aborigen qabilalari bilan tanishtirish niyatida ekanligini tasdiqladi. “Critics Choice Awards” marosimida ishtirok etar ekan, u olov mavzusidagi “Avatar 3” filmidan muxlislar nimani kutishlari mumkinligi haqida ba'zi fikrlari bilan o'rtoqlashdi .
“Filmda yong‘in ramziy maqsadni ko‘zlaydi va aynan shu kontseptsiya atrofida qurilgan madaniyat bor. Hozircha bu haqda aytishim mumkin. Keyingi filmda siz ikkita mutlaqo yangi madaniyat bilan tanishasiz” - deya izoh berdi rejissyor.
Tasodifiy xabarlar
"Freddinikida 5 kecha" qo'rqinchili filmi suratga olish ishlari (Video)
"Havfli suvlar" yangi hayotiy triller rasmiy treyleri
Kianu Rivz “Jon Uik 4”da bosh qahramon o'limini o'zi hohlaganmi?
Karate bolakay: Afsonalar Kichkina ahdarho 2 filmi yangi rasmiy treyleri
Mufasa:Qirol sher filmi ilk rasmiy treyleri
"Pingvin" Betmen filmining spinn-off serialidan rasmiy treyler