Serial yulduzi Persi Xayns Uayt jinsiy zo'ravonlikda ayblanmoqda.
Uni tanigan qizning aytishicha, u kollejda o‘qib yurgan kezlari uni va uning qiz do‘stlarini noqonuniy giyohvand moddalar iste’mol qilishga undagan, shahvoniy xarakterdagi suratlarni yuborgan, tahqirlagan, keyin esa u bilan yaqin munosabatlarga kirishishni taklif qilgan.
Yana bir foydalanuvchi “Persini bekor qil” xeshtegini ko‘tarib, aktyor uni yerto‘lasida zo‘rlagani, keyin esa politsiyaga xabar bermaslikni so‘rab qo‘ng‘iroq qilganini yozgan.
"Wednesday" seriali muhlislari bu voqealardan so'ng Persini serialdan olib tashlashni talab qilishmoqda.
Aktyorning o‘zi hozircha bu iddaolarga izoh bermagan va barcha ijtimoiy tarmoqlarida izohlarni o‘chirib qo‘ygan. Ko'rinishidan, Netflix hali bir qarorga kelmagan, katta ehtimol bilan serialning ikkinchi mavsumida biz aktyorni ko'rishimiz dargumon.


Tasodifiy xabarlar
"DC" kino olamining yangilangan rejalari!
Mashhur "Qasoskorlar Intiho" flim kadr orti (Video)
"Gladiator 2" filmi suratga olinishida yong'in kelib chiqdi
"Ustasi faranglar 3" filmi suratga olinadi!
Arra 10 (Saw) filmi o'zbek tilida rasmiy treyler
"Yashirin bosqin" serialidan yangi rasmiy tizer