Garri Potter haqidagi filmlar yulduzi, britaniyalik aktrisa Emma Uotson Oksford universitetining yozuvchilik mahorati kursiga o‘qishga kirdi.
Qayd etilishicha, aktrisa magistr darajasini sirtdan o‘qib, oladi. Uning o‘qishi ikki yil davom etadi. Ta’lim jarayoni ma’ruzalardan tashqari tadqiqot stajirovkasini ham o‘z ichiga oladi.
Emma Uotson bir nechta dars mashg‘ulotida ishtirok etadi. Biroq asosiy bilimlarni u onlayn oladi.
“Ushbu kurs yoshi katta talabalar, shuningdek, ishlaydiganlarga moslashtirilgan. Shuning uchun Emma o‘z kun tartibida o‘qish uchun vaqt topa oladi”, — deydi aktrisaning yaqinlaridan biri.
Shuningdek, universitet xodimlari aktrisa darslarga bir nechta tan soqchisi bilan birga kelishi haqida ogohlantirildi.
Nyu-York shahrida o‘tkazilgan moda haftaligida Chad Maykl Busto ismli muxlis aktrisaning grimxonasiga bostirib kirishga uringanidan so‘ng Emma tan soqchilar yollashga majbur bo‘lgan.


Tasodifiy xabarlar
Eng yaxshi, top foydali motivatsion filmlar (Video)
Aktyor Robert Pattinson ilk bor ota bo‘lishini ma'lum qildi
"Avatar: Suv yo'li" filmi Avstariyada katta mukogotga erishdi.
Kalmar o'yini 3 - mavsumi dan rasmiy video parchani tomosha qiling
"Kapitan Amerika 4" filmidan ilk rasmiy treylerni tomosha qiling
“O‘yinchoqlar tarixi 5 ” multfilmida tomoshabinlarni nimalar kutmoqda?