Disney studiyasi Leonardo Di Kaprio va Keyt Uinslet ijrosidagi “Titanik” melodramasining yangilangan versiyasini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Reliz 2023-yilning 10-fevraliga rejalashtirilgan,
Jeyms Kemeron filmi 3D, 4K HDR va boshqa formatlarda taqdim etiladi. AQSHdagi prokat huquqi Paramount’ga tegishli.
“Titanik” filmi birinchi marta katta ekranlarga 1997-yilda chiqqan va butun dunyo bo‘ylab 2,2 milliard dollar to‘plab, kassa yig‘imlari bo‘yicha fenomenga aylangan. Shuningdek, lenta 11 ta “Oskar” mukofotini, jumladan “Eng yaxshi film” uchun ham qo‘lga kiritgan. 3D-formatdagi takror relizi 2012-yilda bo‘lib o‘tgandi.

Tasodifiy xabarlar
G'alati narsalar 5 mavsumi fasli O'zbek tilida ma'lumotlar va yangi rasmiy treyler
"Avatar 3" filmida bizni qanday voqealar kutmoqda
Avatar 3: Olov va Kul filmidan yangi rasmiy treyler namoyish qilindi
"Rik va Morti" multseriali muvaffaqiyati nimada?(Video)
"Forsaj 10" filmi dastlabki kunlarda qancha kassa yig'di?
Bokschi Bahodir Jalolov haqida film suratga olinadi!