19-fevral kuni Britaniya kino va televideniye san’ati akademiyasida yillik BAFTA mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Marosimning bosh mukofoti, ya’ni yilning eng yaxshi filmi uchun mukofot g‘olibi Edvard Berger tomonidan suratga olingan “G‘arbiy frontda o'zgarish yo'q” nemis harbiy dramasi bo‘ldi. Shuningdek, film “Eng yaxshi xorijiy film”, “Eng yaxshi rejissyor”, “Eng yaxshi saundtrek”, “Eng yaxshi operatorlik ishi”, “Eng yaxshi ovoz” va boshqa mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Hammasi bo'lib loyiha yettita haykalcha oldi, bu tahlilchilar nazarida bo‘lajak "Oskar" mukofotlarini qo'lga kiritish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirdi.
Yilning eng yaxshi animatsion loyihasi deb Gilermo del Toroning “Pinokkio” filmi topildi. Eng yaxshi vizual effektlar uchun mukofot Jeyms Kemeronning “Avatar-2: Suv yo‘li” ilmiy-fantastik blokbasteriga topshirildi.



Tasodifiy xabarlar
"Ajdaho Uyi" seriali 2 mavsum,fasl chiqish sanasi ma'lum
"Tuzatish" yangi fantastik jangari triller rasmiy treyleri
"Flesh" filmi premyera sanasi va rasmiy treyler
Teskari hisob yangi serial rasmiy treylerini tomosha qiling
"Tarjimon" yangi jangari film premyera sanasi va treyler
Tom Kruz film suratga olinish jarayonida muammoga duch keldi