Rejissyor Kventin Tarantino o‘tgan yilning kuzida iste’foga chiqishini e’lon qilgan edi. Podkastlarning birida uning navbatdagi yangi filmi oxirgisi bo‘lishini aytdi. Tarantino buni shon-shuhrat cho‘qqisida ketmoqchi ekanligi bilan izohladi.
Ushbu film “Kino tanqidchisi” deb ataladi. Bosh qahramon ayol bo‘ladi. Ehtimol, film tarixdagi asosiy kinotanqidchilardan biri hisoblangan amerikalik jurnalist Paulin Keylga bag‘ishlanadi.
Matbuotda yozilishicha, rejissyor hali hech qaysi studiya bilan suratga olish bo‘yicha shartnoma tuzmagan. Ehtimol, Tarantino Sony bilan hamkorlik qiladi, chunki u kompaniya rahbari Tom Rotman bilan yaxshi muloqot qiladi.

Tasodifiy xabarlar
"Uddalab bo'lmas topshiriq 7" filmidan oxirgi rasmiy treyler
Godzilla Minus nol filmidan yangi rasmiy treyler namoyish qilindi
"Astral 5" dahshatli filmning yangi qismidan treyler
Iqtisod va biznes haqidagi eng yaxshi filmlar (Video)
Momaqaldiroqlar yangi jangari filmdan qaynoq rasmiy treyler
Eng badavlat Hind aktyor va aktrisalari (Video)