Indiana Jons sarguzashtlari haqidagi filmning beshinchi qismi — “Taqdir charxpalagi” jahon prokatida kutilganidan kamroq mablag‘ to‘pladi. Film namoyish etilganidan so‘ng dam olish kunlarida umumiy 130 million dollar ishlab topdi.
Yig‘ilgan mablag‘ning 60 million dollari Shimoliy Amerikadan, 70 million dollari esa xalqaro hududlardan to‘plangan. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, Amerika Qo‘shma Shtatlarida maʼlumotlar besh kunlik, dam olish kunlarini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqiladi. Loyihaning budjeti marketingni hisobga olmagan holda 295 million dollarni tashkil etdi.
“Taqdir charxpalagi” filmida bosh rollarni Xarrison Ford, Fibi Uoller Brij, Mads Mikkelsen va Antonio Banderas ijro etgan. Kartina rejissori Jeyms Mangold. Film 1969-yilda AQSH va SSSR o‘rtasidagi kosmik poyga haqidagi voqealarni o‘z ichiga oladi.
Tasodifiy xabarlar
2024- yilda premyerasi kutilayotgan top Multfilmlar (Video)
"Avatar 2:Suv yo'li" filmi kadr orti jarayoni (Video)
Hisobchi 2 filmi yangi rasmiy treylerini tomosha qiling
G'alaba yoki mag'lubiyat yangi animatsion serial treyleri
Mashhur "Qasoskorlar Intiho" flim kadr orti (Video)
“Xarobadan chiqqan millioner” filmining davomi suratga olinadi