AQShning "Netflix" kinoplatformasi joriy yilning kuzida Janubiy Koreyaning "Squid Game" (“Kalmar o`yini”) seriali asosida yangi realiti-shou namoyish etishga va’da berdi. Bu xaqda “Deadline” internet nashri xabar berdi.
Unga ko`ra, “Squid Game: The Challenge” nomli realiti-shou premerasi noyabr oyida bo`lib o`tadi. Unda 456 nafar ishtirokchi 4,56 million dollar miqdordagi yutuq uchun kurashadi. Bu tarixdagi eng ko`p mukofot puli va’da qilingan shou hisoblanadi.
“Realiti-shou o`n qismdan iborat bo`ladi. Loyiha ishtirokchilari ushbu serialda ko`rsatilgan bir qator o`yinlarda real hayotda ham kurash olib boradi. Shuningdek, bellashuvga yangi shartlar ham kiritilgan”, deyiladi xabarda.
Avvalroq realiti-shouning tasvirga olish jarayonlarida ishtirok etganlar o`zlariga qilingan “shafqatsizlarcha” munosabat uchun "Netflix" ni sudga bermoqchi bo`lgan edi. Ushanda o`nlab o`yinchilar musobaqa doirasida soatlab sovuqda turishga majbur qilingan.
Ma’lumot uchun, 2021 yilda “Kalmar o`yini” ishtirokchilarning omon qolish yo`lidagi shafqatsiz kurashi haqidagi film “Netflix” tarixidagi eng mashhur serial deb topilgan. Film premeradan so`ng 25 kun ichida 111 million marta tomosha qilingan.
Siz ushbu tadbir shouga nima deysiz? Sizga taklif bo'lsa unda qatnashgan bo'lardingizmi? Fikrlaringizda izohda yozib qoldiring!


Tasodifiy xabarlar
"Vonka" filmidan yangi rasmiy treylerni tomosha qiling.
"Titanik" filmining yangilangan versiyasi uchun Treyler.
Yangi Anakonda filmidan qaynoq rasmiy treyler namoyish qilindi
Van Xelsing haqidagi serial suratga olinadi
Tayyormisan yoki yo'q 2: Men kelyapman filmidan birinchi rasmiy treyler
Monarx : Maxluqlar merosi seriali suratga olish jarayoni (Video)