Janubiy Koreya va Netflix hamkorligida suratga olingan “Kalmar o‘yini” serialining ikkinchi mavsumi 2024-yil dekabr oyida namoyish etilishi kutilmoqda. Bu haqda loyihada bosh rolni ijro etuvchi aktyor Li Jong Je Business Insider nashriga ma’lumot berdi.
Aktyor serialning yangi qismlari syujeti haqida hech qanday izoh bermadi va jurnalistlar tomonidan berilgan boshqa savollarga javob berishdan bosh tortdi. Netflix vakillari esa aktyorning so‘zlariga munosabat bildirmadi. Aprel oyida Netflix ijro etuvchi direktori Ted Sarandos “Kalmar o‘yini”ning davomi 2024-yilning ikkinchi yarmida chiqishini aytgan edi.
Loyihaning ikkinchi mavsumida “Emmi” mukofoti sovrindori Li Jong Jedan tashqari Li Ben Xon, Vi Xadjun, Kon Yu, Im Si Van, Kan Xanil, Park Sonxun, Yan Don Gin va boshqa aktyorlar suratga tushadi.
“Kalmar o‘yini” premyerasi 2021-yilning sentyabr oyida namoyish etildi va Netflix tarixidagi eng ko‘p tomosha qilingan serialga aylandi. Loyiha debyutidan so‘ng bir oy o‘tib, stiriming xizmatida 1,65 milliard soat tomosha qilingan serial bo‘ldi.
Bundan tashqari, serialdan ilhomlangan Netflix 2023-yil noyabr oyida “Kalmar o‘yini” realiti-shousining birinchi seriyasini chiqardi. Unda 456 nafar ishtirokchi 4,56 million AQSH dollari mukofoti uchun kurash olib bordi.


Tasodifiy xabarlar
“Taxtlar o‘yini” seriali asosida to‘liq metrajli film suratga olinadi
"Jon Uik" kino olamidan yangilik!
Yovuzlik sehrgari "Voldemort" qaytishi mumkin.!
Qo‘rqinchli filmlar ko‘rish sportning o‘rnini bosa oladimi?
"Temir odam" haqidagi siz bilmagan ma'lumotlar (Video)
2026-yilning birinchi yarmida eng ko'p daromad keltirgan 5 ta dahshatli filmlar