Aktyor Kris Xemsvort Avstraliyaning eng ko‘p daromad oluvchi mashhurlari reytingida birinchilikni egalladi
Tor obrazi bilan mashhur bo‘lgan Gollivud aktyori Kris Xemsvort Forbes reytingi hamda Instagram bo‘yicha Avstraliyaning eng ko‘p maosh oluvchi mashhurlari ro‘yxatida birinchilikni egalladi. Bu haqda People Talk nashri xabar bermoqda.
Kris Xemsvortning Instagram ijtimoiy sahifasida 58,5 milliondan ortiq obunachisi mavjud. Marvel olamining yulduzi birgina homiylik posti va reklama uchun 1 041 208 dollargacha daromad oladi.
Mazkur reytingga aktyor Xyu Jekman ham kiritildi va u uchinchi o‘rinni egalladi. Xyu Jekmanning ijtimoiy sahifasini 31,6 million obunachi kuzatadi. “Rosomaxa”ning reklamadan daromadi 554 989 dollarga baholanadi. Aktrisa Nikol Kidman esa reytingda sakkizinchi o‘rinni egalladi.
Avvalroq aktyor Kris Xemsvort Alsgeymer kasalligi xavfi tufayli filmlarda suratga tushishni kamaytirgani haqida xabar berilgan edi.
Tasodifiy xabarlar
"Boshqotirma 2" animatsion filmidan rasmiy tizer (Video)
Godzilla va Kong yangi imperiya O'zbek tilida film haqidagi ma'lumotlar
Dedpul 3, Dedpul va Rosamaxa filmidan katta rasmiy treyler
Billi Eyilish kinoda debyut qiladi
Fantastik to'rtlik: Birinchi qadamlar 2025 filmi yangi rasmiy treyleri
Oskar 2023 marosimidagi gilam o'zgardi