Bu Yangilik maʼlum boʻlganidan soʻng Janubiy Koreyaning ishlab chiqarish va koʻngilochar kompaniyalari aksiyalari keskin koʻtarildi.
Netflix tez orada Janubiy Koreyaga koreys seriallari va filmlarini ishlab chiqarish uchun kelgusi toʻrt yil ichida 2,5 milliard dollar sarmoya kiritishni rejalashtirayotgani ma'lum bo'ldi, bu esa kompaniyaning 2016-yildan beri bozorga kiritgan sarmoyasidan ikki barobarga koʻp
Amerika striming xizmati bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Yun Sek Yol Netflix direktori Ted Sarandos bilan uchrashganidan soʻng maʼlum qildi. Yun dushanba kuni olti kunlik davlat tashrifi bilan Vashingtonga keldi. Prezident Yun ushbu sarmoyani Janubiy Koreya kontent sanoati va Netflix uchun “katta imkoniyat” deb baholadi.
Janubiy Koreya hukumatining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda musiqa, video oʻyinlar va filmlar, jumladan, kontent eksporti rekord darajadagi 12,4 milliard dollarga yetgan. Bu eksport hajmi boʻyicha maishiy texnika va akkumulyatorlarni ortda qoldirdi.
Janubiy Koreyaning "Kalmar o'yini", Shon-Sharaf Physical:100 va boshqa loyihalariga ishora qilar ekan, Sarandos, Koreya kino sanoatidan yanada koʻplab qiziqarli filmlar kutayotganini aytgan.
Maʼlumot uchun, 2021-yilda chiqarilgan “Kalmar O'yini” premyeraning ilk 28 kunida 1,65 milliard soat tomosha qilinib Netflixʼ ga juda katta foyda keltirgan.
Tasodifiy xabarlar
"Golda: Qiyomat kuni" filmidan rasmiy treylerni tomosha qiling
Jeki Chan ishtirokidagi eng yaxshi filmlar O'zbek tilida (Video)
"Gen V" Yigitlar seriali spin-offining rasmiy treyleri
Super Mario animatsion filmi yangi Treyleri
"Loki" seriali 2 mavsumi fasli uchun yangi rasmiy tizer
Ajdarho uyi seriali 2 - mavsumi faslidan ilk rasmiy tizer (Video)