Alejandro Gonsales Inyarritu va Tom Kruzning «Qazuvchi» filmi Warner Bros. uchun so‘nggi yillardagi eng yirik moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan biriga aylanishi mumkin.
The Wrap nashri ma’lumotlariga ko‘ra, filmning boshqa platformalardagi keyingi daromadlari ham hisobga olingan taqdirda, Warner Bros. ko‘rishi mumkin bo‘lgan zarar 250 million dollarga yetishi ehtimoli bor.

«Qazuvchi» AQSh prokatini atigi 8 million dollar bilan boshladi. Birinchi dam olish kunidagi jahon prokati esa bor-yo‘g‘i 21 million dollarni tashkil etdi. The Wrap manbalariga ko‘ra, filmning umumiy global daromadi 40 million dollardan oshmasligi mumkin.
Bunga filmning 163–173 million dollarlik ishlab chiqarish byudjeti va Warner Bros. tomonidan reklama hamda marketingga sarflangan qariyb 100 million dollarni qo‘shish mumkin. Ushbu xarajatlarning katta qismi Tom Kruzning xalqaro promo-turiga to‘g‘ri kelgan.

Vaziyat Warner Bros. uchun yanada noqulay, chunki film ishlab chiqarish xarajatlarini to‘liq studiyaning o‘zi moliyalashtirgan. Dastlab «Qazuvchi» filmj katta loyiha sifatida ko‘rilgan: u Tom Kruzning Warner Bros. bilan yangi kelishuvi doirasidagi ilk filmi bo‘lishi kerak edi. Qolaversa, Oskar mukofoti sovrindori Alejandro Gonsales Inyarritu va Kruzning hamkorligi katta muvaffaqiyat keltirishi kutilgandi.
Ammo Kruzning odatdagidan farqli obrazdagi chiqishiga asoslangan bu katta stavka hozircha o‘zini oqlamadi.
Manba: The Wrap
Tasodifiy xabarlar
Loki seriali 2 mavsumi, faslidan yangi rasmiy tizer
“Kung-fu panda 4” hamda “Godzilla va Kong” filmlari 500 million dollar daromadga chiqdi
"Marvel" dan Hellouin bayrami uchun maxsus treyler namoyish qilindi.
"Boshqotirma 2" multfilimi animatsion filmidan yangi treyler
“Boshqotirma-2” multfilmi yangi rekordni o‘rnatdi
"Oppengeymer" filmi kuchli beshtalikdan joy oldi