“Dyuna” fantastik blokbasterida Reyd-Raut Xarkonnen obrazini ijro etgan Ostin Batler o‘ta issiq havodan aktyorlar hushidan ketganini Entertainment Weekly’ga so‘zlab berdi.
“Syomka 43 daraja issiqda olib borilar edi. Biz 60 metrlik havo va ovoz o‘tkazmaydigan ichi tuproqqa to‘la pavilyonda ishlar edik. O‘zimni xuddi mikroto‘lqinli pechda qolib ketgandek his qilar edim. Suratga olish ishlarining ilk haftasidayoq aktyorlar hushidan keta boshladi”, — dedi Batler.
Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, bunday noqulay sharoit film ishtirokchilarining barchasini yaqinlashtirishga sabab bo‘ldi.
“Dyuna-2” filmi Birlashgan Arab Amirliklari, Iordaniya, Italiya va Vengriya davlatlarida suratga olingan. Premyera 29-mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.


Tasodifiy xabarlar
"Qora Pantera " Qora Adam"ni ortda qoldirdi!
"Doktor Strenj" haqidagi ma'lumolatlar, u kim aslida?
Moana kinosi jonli filmi birinchir rasmiy treyleri chiqdi
Anora filmidan birinchi rasmiy treyler namoyish qilindi
"Makkajo'xori bolalari" dahshatli filmdan rasmiy treyler
"Marvel" flmlari muhlislar mukofotiga sazovor bo'ldi!