Aktyor Nikolas Keyj “O‘rgimchak odam: Nuar” serialida bosh rolni ijro etadi

Aktyor Nikolas Keyj “O‘rgimchak odam: Nuar” serialida bosh rolni ijro etadi

Amazon MGM Studios, Prime Video va Sony kompaniyalari tomonidan Marvel komikslari asosida “O‘rgimchak odam: Nuar” seriali suratga olinadi. Bosh rolni “Oskar” mukofoti sovrindori Nikolas Keyj ijro etadi.

 

“Biz iqtidorli aktyor Nikolas Keyjning ushbu serialda bosh qahramonni gavdalantirishidan juda xursandmiz. Hech kim Nikolasdek ushbu murakkab personajning xarakterini ochib bera olmas va dardlarini ifodalab berolmas edi”.

Ketrin Poup, Sony Pictures Television Studios prezidenti

 

Serial ustida 2023-yilning ikkinchi choragidan boshlab ish olib borilmoqda. G‘oya Oren Uzil (Mortal Kombat) va Stiv Laytfut (Gannibal)ga tegishli bo‘lib, ular ijrochi prodyuser sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Dastlabki ikkita epizod Arri Bredbir rejissyorligida suratga olinadi.

Serial premyerasining sanasi hozircha e’lon qilinmagan.

 

“Ajoyib iqtidor egasi bo‘lgan Nikolas Keyj bizning yangi super qahramonimiz uchun mukammal tanlovdir. Tajribali prodyuserlik jamoasi esa ushbu serialni professional tarzda ishlab chiqishiga ishonamiz”.

Vernon Sanders, Amazon MGM Studios televideniye bo‘limining rahbari.

“O‘rgimchak odam: Nuar” komiksi o‘rgimchak odamning umuman boshqa xarakterli — yovuz va qo‘rqinchli ulg‘aygan inson sifatida ko‘rsatadi. Syujetga ko‘ra, serialda 1930-yillar haqida hikoya qilinadi. Nyu-York shahrida yashovchi keksayib borayotgan, ko‘plab omadsizlikka uchragan detektiv o‘zining o‘tmishi — shaharning yagona super qahramoni bilan yuzlashadi.

Avvalroq Nikolas Keyj “O‘rgimchak odam: koinotlar bo‘ylab” animatsion filmida bosh qahramonga ovoz bergan.


Теглар:
×