"Forsaj 10" filmida qanday yangiliklar bo'ladi?

OILA YANA BIRGA: Dueyn Jonson "Forsaj 10" filmida Xobbs sifatida qaytadi.

Ba'zi jurnalistlarning fikricha, Universal Pictures tomoshabinlar e'tiborini  yanada ko'proq jalb qilish uchun bu lahzani ataylab sir tutmoqda.

Yana bir yangilik: “Forsaj” filmining o‘ninchi qismida maxsus kameo rejalashtirilgan. Epizodik rollardan birini marhum aktyor Pol Uokerning qizi, model Midou Reyn Uoker ijro etadi.

Midou Instagram’dagi sahifasida ushbu filmning yangi qismida suratga tushishini ma’lum qildi.

Forsajning birinchi qismi men bir yoshga to‘lganimda chiqdi. Men otam, Vin (aktyor Dizel rolini ijro etgan), Jordana (Bryuster obrazini gavdalantirgan), Mishel (Rodriges), Kris (Lyudakris rolini o‘ynagan) va boshqalarni monitorlarda tomosha qilib, suratga olish maydonchasida katta bo‘lganman. Otamdan minnatdorman, men poygachilar oilasida tug‘ilganman. Endillikda filmda suratga tushganlar va mening qanday ulg‘ayganimni ko‘rganlar bilan ekranda ko‘rinishimga ishonmayman. Men otamning xotirasini hurmat qilganim va bu lahzani u bilan abadiy baham ko‘rayotganimdan baxtiyorman”, — deydi Midou.

 

Uoker o‘z roli tafsilotlarini oshkor qilmagan. Ijtimoiy tarmoqdagi suratda voqealar jarayoni samolyot bortida sodir bo‘lishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, Midou rejissor Lui Leteryerga mehribonligi, sabr-toqati va qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi va u loyihaning o‘n birinchi qismida suratga tushishiga ishora qildi.

Pol Uoker franshizada Brayan O‘Konnor obrazini gavdalantirgan. Aktyor 2013-yilning noyabr oyida, 40 yoshida avtohalokat oqibatida vafot etgan.

FILM PREMYERASI SANASI: 19 - may 2023 yil

×