Variety nashri “Uenzdey” serialida bosh rolni ijro etgan aktrisa Jenna Orteganing mashhur loyihadan olgan tajribalari haqidagi maqolani e’lon qildi.
Orteganing so‘zlariga ko‘ra, serialda Uenzdey bilan bog‘liq sahnalar ko‘p bo‘lganligi bois, u deyarli hamma vaqtini suratga olish maydonchasida o‘tkazgan. Shuningdek, u personaj bajaradigan ko‘pgina harakatlarni mustaqil ravishda bajarishni xohlagan. Aktrisa buning uchun qilichbozlik, nemis tili, eshkak eshish va violonchel chalishni o‘rganishi kerak edi.
“Men suratga olish maydochasiga ikki soat oldin borardim, kuniga 12-14 soat ishlardim. Keyin uyga borib, Zoom orqali o‘zim uchun kerakli bo‘lgan darslarni o‘rganardim. Yoki uyga kelganimda violonchel chalishni o‘rgatadigan o‘qituvchi meni kutayotgan bo‘lardi. Bu doimiy oddiy darslar edi va agar biz haftaning oltinchi kuni suratga olish jarayonlarida ishtirok etmasak, u kun ham darslarga bag‘ishlanardi”, — deydi Ortega.
Aktrisa loyihani tomosha qilgan violonchelchilarni hafsalasini pir qilish niyatida emasligini aytdi. Shuning uchun u kaskadyorlar yoki uning o‘rnini bosa oladigan boshqa mutaxassislar yordamidan foydalanishni xohlamadi. Orteganing aytishicha, u uchun serialning eng qiyin qismi Pain it Black kompozitsiyasini chalgani bo‘lgan.
“Yetarlicha uxlamas edim. Sochlarimni yula boshladim. FaceTime qo‘ng‘iroqlari shunchalik ko‘p ediki, men jazavaga tushib yig‘laganimda otam ularga javob berardi”, — deydi Jenna Ortega.
Biroq loyiha mualliflari dublyorlar va kaskadyorlar yordamiga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Gap shundaki, suratga olish ishlari tugagach, grafik yanada tig‘izlashdi, bu esa ko‘p vaqt bilan bog‘liq cheklovlarga sabab bo‘ldi. Shu sababga ko‘ra, aktrisa koronavirus bilan kasallangan holatda, mashhur raqsni ijro etishiga to‘g‘ri keldi.
Aktrisa ikkinchi mavsumda qanday voqealar sodir bo‘lishini bilmasligini aytdi. Biroq Jenna serialning ssenariy yozuvchilari bilan suhbatlashdi va ularda “ko‘p qiziqarli g‘oyalar” borligini bildi. Shuningdek Ortega ulardan “oqlash qiyin bo‘lgan” sevgi uchburchagi va boshqa elementlarga emas, Uenzdey va uning Nevermor akademiyasidagi tajribasiga e’tibor qaratishlarini so‘radi.
Tasodifiy xabarlar
Buyurtma yangi jangari film rasmiy treyleri
"Oskar" mukofotiga yetakchi nomzodlar qaysilar?
Resjissor Kriftofer Nolan yangi film suratga oladi
"Garfild" animatsion filmidan yangi rasmiy treyler
Bolalikdan ro'l o'ynagan taniqli kino yulduzlar (Foto)
Jeki Chan og'ir ahvolda kasalhonaga yotqizildi