Robert Eggers tomonidan suratga olingan "Nosferatu" filmi katta muvaffaqiyatga erishdi. "Rotten Tomatoes" platformasida 45 ta sharh asosida 96% reytingga ega bo‘lib, bu asar yilning eng yaxshi dahshat janridagi filmi sifatida e’tirof etilmoqda.
G‘arbiy tanqidchilar ushbu filmni nafaqat klassik asarning mukammal remeyki, balki yilning eng ta’sirli va qorong‘i atmosferaga ega qo'rqinchli filmi deb baholashmoqda. Hikoya tomoshabinlarni qadimiy vampir haqidagi hayajonli sarguzashtlarga yetaklaydi. Ushbu vampir obrazini iste’dodli aktyor Bill Skarsgard jonlantirgan.

Shunga qaramay, ba’zi salbiy sharhlar ham yo‘q emas. Tanqidchilarning ayrimlari filmni vizual jihatdan hayratlanarli, ammo "haqiqiy emas" deb ta’riflashgan.
"Nosferatu" filmining premyerasi joriy yilning 25-dekabr kuniga belgilangan. Bu o‘ziga xos va sirli asar muxlislarini hayajonda kutmoqda!
Siz ham ushbu filmni tomosha qilishni kutmoqdamisiz?
PREMYERAGA QOLGAN VAQT:
Tasodifiy xabarlar
"После навсегда" film treyleri!
Aktyorlik sohasida tahsil olmagan mega yulduzlar haqida bilasizmi?
Yovuzlik maskani filmi O'zbek tilida yangi rasmiy treyler
"Yovvoyi robot" animatsion filmidan oxirgi rasmiy treyler
Skarlett Yoxansson Betmen 2 filmida ishtirok etishi mumkin
"Avatar: So'ngi havo afsungari" filmi suratga olish ishlari haqidagi video rolik