"Kalmar o'yini" seriali 2-mavsumi 2024-yil 26-dekabrda namoyish etilib, tomoshabinlarni hayratda qoldiruvchi kutilmagan burilish bilan yakunlandi.
Shuningdek, taniqli rejissyor Devid Fincher AQShda ingliz tilidagi "Kalmar o'yini" spin-offini ishlab chiqayotgani haqida xabarlar mavjud.

Serial yaratuvchisi Xvan Don Xyok bu loyihani qo'llab-quvvatlab, "Kalmar o'yini" olami turli madaniyatlar va mintaqalarda kengayishini ma'lum qilgan.
Ushbu spin-off loyihasi hali rasmiy tasdiqlanmagan bo'lsa-da, Fincherning ishtiroki serialning xalqaro miqyosda yanada ommalashishiga xizmat qilishi kutilmoqda.
3-mavsumda yangi o'yinlar, qahramonlar va qiziqarli voqealar rivoji tomoshabinlarni kutmoqda. Serialning global muvaffaqiyati va kengayishi muxlislar uchun yangi tajribalar va hayajonli sahnalarni taqdim etishi shubhasiz.

Juda ko'plab muhlislar yangi mavsumni qachonligini kutayotgan bir vaqtda Netflix'ning youtube sahifasidagi postlarning birida tasodifan "Kalmar o'yini" serialining 3-mavsumi premyera sanasi 27-iyunda ekanligini oshkor qilindi. Lekin bu hali aniq ma'lumot emas. Chunki ushbu post osha zahoti o'chirib yuborilgan.Agar ushbu ma'lumot rost bo'lsa demak yangi mavsumni yozda tomosha qilishimiz mumkin bo'ladi.
Quyida 3-mavsumning birinchi tizerini tomosha qilishingiz mumkin:
Tasodifiy xabarlar
Kalmar o'yini seriali O'zbek tilida haqiqiy hayotda
Tom Holland “O‘rgimchak odam 4” filmi haqidagi yangi tafsilotlarni oshkor qildi
Jenifer Lopez yangi film syomkasida o'lishi mumki edi?
"Maymunlar sayyorasi 4 :Qirollik" filmidan ilk rasmiy tizer taqdim etildi
“Bola va qarqara” filmi AQSh prokatida birinchi o‘rinni egallagan tarixdagi ilk anime bo‘ldi
Qasoskorlar filmi qanday suratga olingan? (Video)