Aktyor Killian Myorfi "Garri Potter" serialida qatnashishi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.
Muxlislar "Garri Potter" seriali bosh yovuz qahramoni - lord Volan-de-Mort rolini o'ynashi mumkin, deb taxmin qilishmoqda. Ammo irlandiyalik aktyor bularning hammasi shunchaki gap-so'z ekanini aytdi.

"Ba'zan bolalarim menga ko'rsatadi, lekin men bu haqda hech narsa bilmayman. Bundan tashqari, Reyf Fayns qilgan ishni takrorlash juda qiyin boʻladi. U haqiqiy afsona. Uning o'rnini egallaydigan har kimga omad tilayman", - dedi Merfi Happy Sad Confused podkastida
O'tgan yili aynan Reyf Faynsning o'zi ham Merfini ideal Volan-de-Mort boʻlishi mumkinligini ta'kidlagan edi: "Killian ajoyib aktyor. Bu juda yaxshi fikr. Men uning tarafidaman", - degan Fayns.

Yangi Volan-de-Mort kim bo'lishi hozircha sir saqlanmoqda. "Garri Potter" serialining birinchi mavsumi 2027-yilda chiqadi va "Hikmatlar toshi" asariga asoslanadi. Serial aktyorlari orasida Jon Litgou, Janett Maktir, Nik Frost, Paapa Essyedu, Uorvik Devis va boshqalar bor.
Merfi esa yaqinda Netflix'da "Stiv" nomli dramada koʻrinadi. Premyera - 3-oktabr.
Tasodifiy xabarlar
Andor seriali 2 mavsumi faslidan yangi rasmiy treyler
“Yangi Tom Kruz va Di Kaprio”. Timoti Shalamening gonorari rekord darajada ko‘tarilib ketdi
"Bleyd" video o'yinidan ilk rasmiy treyler taqdim etildi
"Arvox ovchilari: Muz imperiyasi" filmidan yangi rasmiy treyler
"Chumoli odam va ari: Kvant olami" treyler tahlili.
Aktrisa Zendaya “Oltin globus” mukofotiga nomzodlar ro'yhatida!