Rossiya Madaniyat vazirligi “Barbie” va “Oppenheimer”ning rus qadriyatlariga mos kelmasligini va filmlar mamlakatda namoyish etilmasligini e’lon qildi.
Rossiya federatsiyasi madaniyat vazirligi “Barbie” va “Oppenheimer” filmlarini namoyish etishdan voz kechdi, chunki bu kartinalar “an’anaviy rus ma’naviy qadriyatlarini saqlash va mustahkamlash” talablariga javob bermaydi. Madaniyat vazirligi Davlat Dumasi spikeri o‘rinbosari Vladislav Davankovning “Barbie” va “Oppenheimer” filmlarini majburiy litsenziyalashni joriy etish to‘g‘risidagi taklifini rad etdi.
“Siz mamlakatimiz fuqarolari tomonidan tomosha qilish uchun taklif qilgan filmlar: “Barbie” va “Oppenheimer” davlatimiz rahbari tomonidan an’anaviy rus ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini saqlash va mustahkamlash bo‘yicha qo‘yilgan maqsad va vazifalarga javob bermaydi”, degan vazirlik Davankovga javoban.
Adliya vazirligiga ko‘ra, mamlakat majburiy litsenziyani faqat federal qonunlar asosida zarur bo‘lgan hollardagina cheklashi mumkin.
“Shunday qilib, Rossiya Federatsiyasi hukumati tegishli normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish doirasida eksperimental rejimni o‘rnatishga haqli emas”, dedi vazirlik.
Shuningdek, Davankovning tashabbusi Kino va televideniye prodyuserlari assotsiatsiyasi tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanmadi.
Ma’lumot uchun, 21 iyul kuni xalqaro premerasi bo‘lib o‘tgan “Barbie” va “Oppenheimer” filmlari oktyabr oyining oxirida Rossiya kinoteatrlarida namoyish etilishi kerak edi.
Eslatib o‘tamiz, “Barbie” filmi avval Vetnam, so‘ngra Quvayt va Livanda ta’qiqlandi.
Avgust oyining o‘rtalarida esa Jazoir ham filmning yot madaniy g‘oyalarni targ‘ib qilishini aytib, ushbu blokbasterni chekladi.



Tasodifiy xabarlar
Andor seriali 2 mavsumi faslidan yangi rasmiy treyler
"Oy gulining qotillari" yangi kriminal film treyleri
"Arcane" Arkeyn 2 - mavsumi fasli yangi rasmi tizer hamda qo'shimcha yangiliklar
"Blackberry" biznes haqidagi ajoyib film haqidagi ma'lumotlar
Qafas yangi MMA yulduzlari ishtirokidagi Netflix Seriali treyleri
Boshqotirma 2 multfilimi O'zbek tilida rasmiy treyler