Gollivud aktyori Jonni Depp rafiqasi Ember Xyord bilan bog‘liq mojarolar sabab karyerasida muammolarga duch keldi. Aktyorga aynan shu sababli yangi rollar taklif qilinmadi va ishtirok etgan loyihalaridan haydaldi. Depp sudda g‘alaba qozonganidan so‘ng, prodyuserlar va rejissorlar yana u bilan hamkorlik qilish taklifini berdi. Disney Jonniga yana Jek Chittak rolini taklif qildi, biroq u kutilmaganda buni rad etdi.
Sababi oddiy: aktyorga muammolarga duch kelgan paytda kinostudiya uni qo‘llab-quvvatlamagani va loyihadan haydalgani yoqmadi. Hatto “Karib dengizi qaroqchilari”ning yangi qismini suratga olish uchun va’da qilingan 20 million dollar gonorar ham aktyorni bu rolga qaytara olmadi.
“Ular Deppni aybdorga chiqarishdi va Emberni yolg‘on gapiryapti, deb o‘ylashmadi”, — deydi insayderlardan biri.
Jonni va Tim Burton o‘rtasidagi ko‘p yillik do‘stlik munosabatlari ham nihoyasiga yetdi. Rejissor aktyorni himoya qilmadi, shuning uchun Depp uning loyihalarida bosh rolni ijro etishni istamadi.
“Men hech qanday bekor qilish’ni his qilmayapman, chunki men Gollivud haqida o‘ylamayapman. U boshqa menga kerak emas”, — deydi aktyor.
“Karib dengizi qaroqchilari” filmi muxlislari Deppning franshizaga qaytishini orzu qiladi. Ular Disneyga to‘lovni 100 million dollarga oshirishni va kechirim so‘rashni maslahat berishdi.
“Bolalarim! Kapitan Jek Chittak sizni rad etgan kunni doimo yodingizda saqlab qolasiz”, — deydi aktyorning muxlisi Gollivud prodyuserlariga.



Tasodifiy xabarlar
Yulduzlar jangi: Akolit seriali yangi rasmiy treyleri namoyish qilindi
Jodugar, Vedmak seriali 3 mavsumi, fasli rasmiy treyleri
"Kalmar o'yini" filmidan so'ng Janubiy Koreya seriallar uchun juda katta mablag' ajratdi
Time jurnali “Barbi” filmining rejissyori Greta Gervigni “Yil ayoli” deb e’lon qildi
Demi Mur 45 yillik faoliyati davomida ilk marta nufuzli mukofot — “Oltin globus”ni qo‘lga kiritdi
"Yengilmas" 3 mavsumi faslidan yangi rasmiy treyler