AQSH prezidenti Jo Bayden xonanda Ledi Gagani prezident huzuridagi Madaniyat va san’at qo‘mitasiga hamrais etib tayinladi, deb xabar berilmoqda.
Qayd etilishicha, bu lavozim 1982 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uni egallagan inson AQSH prezidenti va Amerika departamentlari rahbarlariga madaniyat sohasidagi siyosat masalalari bo‘yicha tavsiya beradi.
Ledi Gaga nomi bilan mashhur bo‘lgan xonanda Stefani Jermanottaga 170 milliondan ortiq ovoz yozuvlarini sotgan, 13 ta “Gremmi” mukofotini qo‘lga kiritgan va bu uni tarixdagi eng ko‘p musiqasi sotilgan ayol xonandalardan biriga aylantirgan.
U aktrisa sifatida“Yulduz tug‘iladi” filmlaridagi rollari bilan mashhur bo‘lib, ijrolari uchun “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida Akademiya mukofotiga nomzod bo‘lgan va “Eng yaxshi original qo‘shiq” yo‘nalishida g‘olib chiqqan.
Shuningdek Ledi Gaga Amerika moda dizaynerlari kengashi tomonidan moda ikonasi deb nomlandi. U Forbes’ning dunyodagi eng kuchli ayollar va Time’ning dunyodagi eng nufuzli 100 kishi ro‘yxatiga kiritildi.
Xonandadan tashqari bu lavozimga amerikalik prodyuser Bryus Koen ham tayinlangan.


Tasodifiy xabarlar
"Marvel" dan Hellouin bayrami uchun maxsus treyler namoyish qilindi.
"Napoleon" filmi suratga olish ishlari haqidagi video rolik
Qasoskorlar,Kalmar o'yini 2, shrek 5 va boshqa eng so'ngi yangiliklar
Super Mario: Galaktika multfilmidan birinchi rasmiy tizer taqdim etildi
"Forsaj 10" filmi dastlabki kunlarda qancha kassa yig'di?
"Qasoskorlar" haqidagi eng qiziqarli ma'lumotlar(Video)