“Tayler Reyk: Qutqaruv operatsiyasi-2” jangari filmi suratga olish jarayonida Gollivud aktyori Kris Xemsvort rostakamiga yoqib yuborildi. Bu haqda Empire nashriga film rejissori Sem Xargreyv ma’lum qildi.
Syomka vaqtida bosh rol ijrochisining qo‘lini yoqishdi, chunki syujet bo‘yicha Xemsvortning qahramoni kurtkasining yengi gurillab yonayotganiga qaramay, mahbuslar bilan olishadi. Xavf ehtimolini kamaytirish uchun aktyorga bir necha turdagi qavatlari bo‘lgan ko′plab kurtkalar tayyorlab qo‘yildi.
“Krisning oldida shlyapamni yechaman. Olov maxsus effektlar yordamida emas, tabiiy yuzaga keltirildi. U ushbu sahnani qayta-qayta ijro etdi. Gollivudda o‘zini qayta-qayta yoqishlariga rozi bo‘ladigan aktyorlar ko‘p emas”, — deydi film rejissori.
Filmdagi qahramoni olov ichida qolgan sahnani Xemsvort “kino tarixidagi eng aql bovar qilmas bir kadrli sahna” deb atadi. Ushbu film Netflix’da 16-iyun kuni taqdim etiladi.


Tasodifiy xabarlar
Fonnuslar seriali birinchi mavsumi yakunlandi
Joker aktyorining o'limi haqidagi ma'lumotlar O'zbek tilida
"Shrek"multfilmi qaytadi etik kiygan mushuk bilan!
Rayan Reynolds va Xyu Jekman yangi loyihada suratga tushadi
"Kungfu panda 4" filmidan ilk rasmiy treyler taqdim etildi
Spilbergning “Oʻzga sayyoralik” filmi uchun yasalgan mexanik model sotildi