Marvel komikslari rassomi Jon Romita vafot etdi. Bu haqda uning o‘g‘li kichik Jon Romita ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Jon Romita dushanba kuni tongda, uyqusida vafot etgan.
“Buni aytish menga og‘ir. Otam Jon Romita dushanba kuni ertalab uyqusida vafot etdi. U san’at olamining afsonasi edi va uning izidan borish men uchun sharaf. Mening oilamga hurmat sifatida o‘z fikringizni shu yerda qoldiring”, — deb yozgan u Instagram’dagi sahifasiga.
Ma’lumot o‘rnida, rassom komikslardagi faoliyatini 1949-yilda Timely Comics’da boshlagan. Rassom 1950-yillarda DC Comics’da ishlagan va 1965-yilda Marvel rassomlari qatoriga qo‘shilgan. Rassom “O‘rgimchak odam”ning sevgilisi Meri Jeyn Uotsonning tashqi ko‘rinishini yaratib, mashhurlikka erishgan.
Romita 1966-yilda The Amazing Spider-Man komikslar serialida Stiv Ditkoning o‘rniga rassom bo‘ldi. U 1973-yilda Marvel’ning badiiy direktori etib tayinlangan.
Romita Rosomaxa, Karatel, Lyuk Keyj kabi personajlarni yaratishda ishtirok etgan. Bundan tashqari, u 1982-yilda Kapitan Marvel komikslarida Monika Rambeau personajining yaratilishiga hissa qo‘shgan.


Tasodifiy xabarlar
"Barbi" vs "Oppengeymer" O'zbekistonliklar qay birini ko'proq tomosha qilishdi?
"Blackberry" biznes haqidagi ajoyib film haqidagi ma'lumotlar
Hyu Jekman "Dedpul 3" filmi haqida yangilik aytdi
Asoka seriali suratga olish ishlari va kadr orti jarayoni (Video)
"Platforma 2" filmidan birinchi rasmiy treyler namoyish qilindi
Tayler Reyk "Qutqaruv operatsiyasi 2" filmi su'ratga olish jarayoni.