Gollivudning afsonaviy rejissyori Jeyms Kemeron butun dunyo bo'ylab milliardlab dollar kassa yig'gan "Avatar" filmlar turkumining davomi ustida ish olib bormoqda. Disney studiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu katta loyihaning to'rtinchi va beshinchi qismlarining premyera sanalari hamda syujetning kutilmagan tafsilotlari ma'lum qilindi.
Rejaga ko'ra, "Avatar 4" filmining premyerasi 2029-yil 21-dekabrga belgilangan. Beshinchi qism esa 2031- yilda ekranlarga chiqishi kutilmoqda. Hozirda har ikkala kartina ham suratga olish jarayonlariga faol tayyorgarlik ko'rish bosqichida ekani ma'lum qilingan.

Yangi ma'lumotlar
Filmning to'rtinchi qismida voqealar rivoji bir necha yil oldinga koʻchadi. Avvalgi qismlarda bolaligi ko'rsatilgan Jeyk Salli va Neytirining farzandlari bu safar voyaga yetgan qahramonlar sifatida namoyon bo'ladi.
"Keyingi safar biz ularni uchratganimizda, ular bola emas, balki yosh yigit-qizlar boʻladi", - deydi Jeyms Kemeron.
Yangi lokatsiyalar
Loyiha prodyuserlarining tasdiqlashicha, beshinchi qism voqealar sodir bo'ladigan joylar nuqtayi nazaridan seriyadagi eng noodatiy film bo'ladi. Xususan, syujetning asosiy qismi Pandora sayyorasida emas, balki bevosita Yer sayyorasida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Ushbu franshiza hamon tarixdagi eng serdaromad, shu bilan birga katta tavakkal qilingan franshiza boʻlib qolmoqda.
Tasodifiy xabarlar
O'yinchoqlar tarixi 5 O'zbek tilida rasmiy treyler
Qora Telefon 2 filmi qo'rqinchli film rasmiy treyleri
Milli Bobbi Braun ishtirokidagi "Bokira" filmidan rasmiy treyler
Yura davri dunyosi: Qayta tug'ilish uyg'onish filmi kadr orti jarayonidan ajoyib video rolik
"Loki" seriali 2 mavsumi fasli uchun yangi rasmiy tizer
"Galaktika qo'riqchilari 3" filmi to'liq o'zbekcha tahlili (Video)