Insoniyat tomonidan kosmosda suratga olingan ilk film – “Chaqiriq” kartinasi dunyoning 20 ta davlati, jumladan Yaqin Sharq, Afrika va Yevropa mamlakatlarida namoyish etiladi.
Rejissyor Klim Shipenko muallifligidagi “Chaqiriq” filmi Rossiya va yana bir qator mamlakatlarda 20-aprel, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlarida, jumladan Bahrayn, Misr, Iroq, Iordaniya, Quvayt, Livan, Ummon, Falastin, Qatar, Saudiya Arabistoni, Suriya, BAA, Eron hamda Sudanda 27-aprel sanasidan boshlab katta ekranlarga chiqariladi.
Eslatib o‘tamiz, “Chaqiriq” filmining aksariyat sahnalari Xalqaro kosmik stansiya bortida suratga olingan. Undagi bosh rolni rossiyalik aktrisa Yuliya Peresild ijro etgan. Filmning rasmiy taqdimoti 2023-yilning 12-aprel kuni bo‘lib o‘tgan.


Tasodifiy xabarlar
Ted seriali 2 - mavsumi fasli yangi rasmiy treyleri namoyish qilindi
Aktrisa Zendaya “Oltin globus” mukofotiga nomzodlar ro'yhatida!
Aktyor Hyu Jekman umrining qolgan qismini xayriyaga bag‘ishlamoqchi
"Wednesday" serial 2 mavsumi haqidagi malumotlar!
"Top Gan: Meverik" filmi 3 qismi, davomi suratga olinadimi?
Monarx: Maxluqlar merosi serialidan yangi rasmiy treyler