“Taksi” filmidagi Emilen obrazi bilan mashhur bo‘lgan Frederik Difental “Ipak yo‘li durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi. Bu haqda kinofestival axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Difental festivalning tantanali ochilish marosimida boshlovchilik qilishi kutilmoqda.
Shuningdek, tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Difentalning “Taksi"dagi sherigi, Daniel obrazi bilan tanilgan Sami Naseri ham Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etishi mumkin.
Ma‘lumot uchun, XV Toshkent xalqaro kinofestivali joriy yilning 29-sentyabr—2-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda Yevropa ittifoqi davlatlari film festivali, shu bilan birga, Turkiy davlatlar va MDH davlatlari kinoforumi ham bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, kinofestival dasturidan “O‘zbek dublyaji 85 yoshda”, “Kino 5 kunda” tanlovi, o‘zbek kinosining 115 yilligiga bag‘ishlangan milliy tadbirlar, Italiya filmlarida kiyilgan kastyumlar ko‘rgazmasi, kinoteatrlarda xorij kino kunlari, seminar-treninglar, mahorat darslari, taniqli kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar, retrospektiv kinonamoyishlar o‘rin olgan.
Tasodifiy xabarlar
O‘zi ishtirok etgan filmni tomosha qilishni istamaydigan Gollivud yulduzlari
Ajdar o'rgatuvchilar O'zbek tilida rasmiy treyler
"Yigit So'zi" seriali haqidagi siz bilgan va bilmagan ma'lumotlar
Warner Bros.dan qo'rqinchili film ko'ramizmi?
"Qashqirlar makoni" seriali aktyorlari hozirgi kunda (video)
"Platforma 2" filmidan birinchi rasmiy treyler namoyish qilindi