Deni Villnyov bilan “The Director’s Cut” podkastida ishtirok etgan, bir qator klassikaga aylanib ulgurgan ilmiy-fantastik filmlar muallifi Stiven Spilberg hamkasbining so‘nggi kinosini tomosha qilgani haqida gapirib, oʻz tassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.
Afsonaviy rejissyor “Dyuna. Ikkinchi qism” filmini “oʻzi koʻrgan eng buyuk ilmiy-fantastik filmlardan biri” deb atadi.
“Pol katta chuvalchangni egarlaydigan sahna umrim davomida ko‘rgan eng yaxshi sahnalardan biridir. Aktyorlar tarkibi mutlaqo ajoyib. Jang sahnalari ham betakror”, — deya qo‘shimcha qildi Spilberg.
“Dyuna. Ikkinchi qism” filmi 2024-yil 28-fevralda premyera qilindi. Filmda bosh rollarni Timoti Shalame, Ostin Batler, Zendaya, Florens Pyu, Rebekka Fergyuson, Xavyer Bardem, Josh Brolin va Stellan Skarsgard ijro etgan.


Tasodifiy xabarlar
"Exo" Echo seriali O'zbek tilida ilk rasmiy treylerni tomosh qiling
One Piece Van Pis 2 mavsumi birinchi rasmiy tizer
Kemeron Diaz ishtirokidagi “Biznesga qaytish” jangari filmining rasmiy treyleri
"Avatar 2: Suv yo'li" filmi eng so'ngi yangiliklari!
Yura davri dunyosi: Qayta tug'ilish filmidan ilk rasmiy treyler
"Bizning so'ngimiz" seriali 8 qism rasmiy tizeri