O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Shodiyeva Hindistonning Mumbay shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ga a’zo davlatlarning badiiy va televizion filmlari festivali (NFDC) ning “Eng yaxshi ayol obrazi” nominatsiyasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi, “Central Asian Trade Company” (CATC) hamda “Dilshoh media” kinostudiyalari hamkorligida suratga olingan “Ayol qismati” badiiy filmi hayotda sodir bo‘lgan real voqeliklarga asoslangan.
Kinokartina O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra 2019-2020-yillarda amalga oshirilgan insonparvarlikning eng oliy namunasi bo‘lmish “Mehr” operatsiyasi doirasida Suriyadan olib chiqilgan yuzlab ayollardan biri- Sojidaning ayanchli taqdirini juda ta’sirli tarzda ekranda gavdalantirgan.


Tasodifiy xabarlar
Robert Dauni jahon kinosi tarixidagi eng ko‘p gonorar to‘langan aktyorga aylanadimi?
"Piter Pen va Vendi" filmidan yangi treyler
"Galaktika qo'riqchilari 3" filmi o'zbekcha to'liq tahlilda
Eng badavlat Hind aktyor va aktrisalari (Video)
Skarlett Yoxansson "Marvel" dagi ro'liga endi qaytmaydim?
“Oskar” mukofotiga nomzodlar ma'lum qilindi