Gollivud olamida yangi yulduz — Timoti Shalame gonorar miqdori bo‘yicha yuqori pog‘onalarni egallab kelmoqda. Bu haqda Peopletalk nashri xabar berdi.
Variety e’lon qilgan Gollivudning eng katta maosh olgan yulduzlar ro‘yxatida Amerika va Fransiya aktyori Timoti Shalame ham o‘rin oldi. U butun dunyo bo‘ylab millionlab tomoshabinlar qalbini zabt etishda davom etmoqda. Timoti 28 yoshida bir necha marta “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘ldi va uning daromadi shiddat bilan oshib bormoqda.
Ma’lum qilinishicha, Timotining so‘nggi yirik loyihalari nihoyatda muvaffaqiyatli bo‘lgan. “Vonka” filmi 625 million dollar olib keldi, “Dyuna”ning ikkinchi qismi esa ikki hafta ichida 370 million dollar yig‘di. Bu esa hali boshlanishi. Nashrning ta’kidlashicha, “Vonka” aktyorning shaxsan o‘zi uchun 8 million dollardan ko‘proq daromad keltirgan.
Rejissyor Deni Vilnevning “Dyuna” filmida Timoti galaktikani Xarkonnendan qutqarish uchun fremenlar bilan birlashgan Pol Atreydes rolini o‘ynagan. Franshizaning uchinchi qismidan so‘ng Timoti Shalamening gonorari yanada oshishi kutilmoqda.


Tasodifiy xabarlar
"Iyul" oyida bizni kutayotgan katta Premyeralar
“Yor-Yor” filmi yangicha talqinda suratga olinadi
Fantastik to'rtlik: Birinchi qadamlar filmi oxirgi rasmiy treyleri
“Uddalab bo‘lmas topshiriq-7” filmi jahon prokatida qancha mablag' yigdi
Anora filmidan oxirgi rasmiy treyler
Kalmar o'yini seriali 2 mavsumi fasli haqida ma'lumotlar