“Uddalab bo‘lmas topshiriq” kinokartinasining yettinchi qismi butun dunyo bo‘ylab bir haftada 235 million dollar ishlab topdi.
Tom Kruz ishtirokidagi jangovar film Shimoliy Amerikada 80 million dollar va xalqaro miqyosda 155 million dollar daromad to‘pladi. Filmning budjeti marketingni hisobga olmaganda 300 million dollarni tashkil etdi. Kinokartina aslida 2021-yilda chiqarilishi kerak edi, biroq COVID-19 cheklovlari tufayli loyihani suratga olish jarayonlari kechiktirildi.
Shuningdek, filmda Tom Kruzdan tashqari Xeyli Etvell, Rebekka Fergyuson, Pom Klementef, Ving Reymz, Saymon Pegg, Vanessa Kirbi va boshqa mashhur aktyorlar rol o‘ynagan. Filmning rejissori va ssenariy muallifi “Oskar” mukofoti sovrindori — Kristofer Makkuarri (“Shubhali shaxslar” filmini suratga olgan).
Shu bilan birga, Disney’ning ikkita loyihasi — “Indiana Jons va taqdir g‘ildiragi”, Pixar studiyasining “Elemental” multfilmi bu haftada 300 million dollardan ortiq daromad to‘pladi.

Tasodifiy xabarlar
Ustasi faranglar 3 filmi qanday suratga olingan? (Video)
"Elemental" rostdan ham eng zo'r animatsion filmmi?
Eng yaxshi Islomiy filmlar haqida ma'lumotlar(Video)
"Bleyd" filmini suratga olish ishlari yana qoldirildi!
Qasoskorlar filmi qanday suratga olingan? (Video)
Agata seriali Agata: Hamma vaqt seriali qanday suratga olingan?(Video)